Реферат: История Бахтиёра
G’arbiy frontda qiyin vaziyat yuzaga kelgani sababli ittifoqchilar qo’mondonligi dushmanni yengish uchun boshqa malgamc yo’l izlay boshladilar. 1915 yil 25 fevralda ingliz va francuz kemalari Dardanel bo’g’ozi kiraverishida joylashgan fortlarni o’qqa tuta boshladilar.Dardanel operaciyasi muvaffaqiyat qozonishiga ishonib, Greciya bosh vaziri Venizelos Greciya Antanta tarafida urushga kirishi va Dardanel bo’g’oziga desant va flot yuborishga tayyor ekanligini aytdi. Chor hukumati bundan juda hadiksiradi va Konstantinopol greklar qo’liga o’tib ketishidan qo’rqib Greciyaning urushda qatnashishiga keskin norozi bo’ldi.
Lekin Greciya qiroli Konstantin Germaniyani qo’llab-quvvatlar va neytralitet tarafdori edi. U 1915 yil 6 martda Venizelosni iste’fo berishga majbur qildi. Greciya neytral bo’lib qoldi.
Agar Dardanel operaciyasi muvaffaqqiyat qozonadigan bo’lsa, bo’g’ozlar ustidan nazorat Angliya va Franciya qo’liga o’tar edi. Angliya va Franciya Rossiyaga berilgan va’da, yani Dardanel va Bosfor bo’g’ozlari hamda Konstantinopolni berishni biror bir rasmiy hujjat bilan mustahkamlashga shoshilmas edilar.
Germaniyaning bosqinchilik rejalari
Germaniyaning bosqinchilik rejalari o’z darajasiga ko’ra Antanta davlatlarining rejalaridan ham kengroq edi.German hukmron doiralari dunyoni tubdan o’zgartirishni talab qilar edilar. German hukmron doiralari orasida paydo bo’lgan ikki hujjat diqqatga sazovor:oltita eng yirik Germaniya iqtisodiy tashkilotlari chiqargan memorandum va olimlar memorandumi. Olti eng yirik iqtisodiy tuzilmalar memorandumi quyidagilarni nazarda tutar edi: ingliz, francuz, belgiyaliklar va boshqa davlatlarning mustamlakalarini bosib olish; Antanta davlatlari bo’yniga reparaciyalar yuklash; Belgiya ustidan protektorat o’rnatish; Franciyaning La-Manshdan Somma daryosigacha bo’lgan hududlarini qo’shib olish; temirga boy Brieyni, Verden, Vogez va Belfor qasrlarini bosib olish. Shu bilan birga ushbu hududlarda bosib olingan yirik va o’rta yer mulklarni musodara qilish va ularni nemis oficerlari qo’liga berish ko’zda tutilgan edi. Haqiqiy yer egalarining zararlari esa Franciya hisobiga qoplanar edi.
Yevropaning sharqida ham yirik hududlarni Rossiya hisobiga qo’lga kiritish ko’zda tutilgan edi. Hujjat tuzivchilarning fikricha urushdan so’ng sanoatning rivojlanishi uchun yirik agrar baza kerak bo’lar edi.Shuning uchun ulkan yer resurslari talab qilinar edi. Yuqorida keltirilgan hujjat o’sha paytda paydo bo’lgan minglab shu kabi hujjatlardan biri bo’lib, ularning ba’zilari matbuotda e’lon qilinar, ba’zilari faqat hukmron doiralar uchun mo’ljallangan edi.
Germaniyaning hukmron doiralari buyuk davlatchilik shovinizmi bilan mast edilar va butun dunyoda Germaniya hukmronligini o’rnamoqchi edilar. Ammo o’zlarini ko’klarga ko’tarib maqtaydigan ba’zi kishilardan farqli o’larog Germaniyaning o’sha paydagi kancleri Betman-Goltbeg ehtiyotkor siyosat tutdi va o’z chiqishlarida Germaniya bosqinchilik urushi olib bormasligini ta’kidlar edi.Ammo haqiqatda esa u juda katta hududlarni Germaniya qo’l ostida birlashtirishga qaror qilgan edi.
1914-1917 yillardagi jangovor harakatlar
Germaniya qo’mondonligi harbiy harakatlar rejasiga muvofiq 4 avgust kuniyoq Belgiyaga asosiy hujumni boshladi.Bu yerda mudofaani yorib o’tish va Yevropaning hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan sanoat rayonlarini egallab, bir hamla bilan urushni yakunlash nazarda tutilgan edi. Germaniya qurolli kuchlari shiddatli hujum natijasida bir necha hafta mobaynida deyarli jangsiz Belgiyani bosib o’tdilar va Franciya hududiga kirib, Sena daryosi irmog’i bo’lgan Marna sohillariga chiqdilar.1914 yilning 5-12 sentyabr kunlari Marna bo’yida francuz va nemis qo’shinlari o’rtasida og’ir jangler bo’lib o’tdi. Unda nemis qo’shinlari mag’lubiyatga uchradilar.
Sharqiy Prussiyada rus askarlarining hujumga o’tganligi nemis qo’shinlarining mag’lubiyatida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Rus armiyasining hujumi dastlab muvaffaqiyatli boshlandi. U Galiciyani egallab, Sharqiy Prussiya hududiga yorib kirdi.Germaniya qo’mondonligi rus qo’shinlarining hujumini qaytarish uchun askarlarining bir qismini Marna bo’yidan Prussiyaga tashlashga majbur bo’ldi.
1914 yil oktyabr oyida turkiyaning urushga kirishi munosabati bilan Kavkazorti, Mesopatamiya, Suriya va Falastinning sharqiy chegarasida yangi frontlar vujudga keldi. Ammo turk armiyasi urushga tayyor bo’lmaganligi sababli Kavkazortida rus qo’shinlaridan bir qator og’ir mag’lubiyatlarga uchradilar.
1915 yil 23 mayda Italiya Antantaga qo’shildi, o’sha yil oktyabr oyida esa Bolgariya Germaniya-Avstriya ittifoqiga qo’shildi.
Marna bo’yidagi janglarda mag’lubiyat alamini tortgan ittifoqchi qo’shinlar Germaniyaning sherigi Turkiyani urushdan chiqarish uchun dengizda bir qator operaciyalarni malgam oshirdilar. 1915 yil fevral oyida ingliz – francuz floti Turkiyaning Dardanel bo’g’ozidagi istehkomlarni bombalashga kirishdi. Ammo bu hujumlar ko’zlangan natijani bermadi. Bu operaciya davomida 200 mingdan ortiq kishi halok bo’ldi va yaralandi. Natijada ana shu hamla tashabbuskori, Angliya harbiy flotining birinchi lordi Uinston Cherchill vazifasidan chetlashtirildi.Shundan keyen uning siyosiy faoliyatida 25 yil tanaffus bo’ldi.
Shu bilan faol jangovor harakatlar to’htab qoldi. Butun yil davomida mantiqsiz turg’un urush davom etdi. Tomonlardan hech biri vujudga kelgan vaziyatni buzishni istamas edi. Lekin, diplomatlar faol ish olib bordilar.
Dardanell operaciyasining boshlanishi munosabati bilan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov ittifoqchilardan rasmiy majburiyat, yani Turkiya atrofidagi bo’g’ozlarni berishni talab qildi. U agar Rossiyaning ittifoqchilari o’z majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsalar u istefo berishga majbur bo’lishini aytdi. Bu shuni anglatar ediki uni Germaniya bilan ittifoqchi bo’lish tarafdori bo’lgan kishi bilan almashtirishlari mumkin edi.Ba’zi bir ma’lumotlarga ko’ra o’sha paytda rus podshosi saroyida qirolicha boshchiligida nemis saroyini qo’llab quvatlovchi katta firqa mavjud bo’lgan.
1915 yil 12 martda Angliya rasmiy nota orqali Konstantinopol va unga tutashgan hududni,Bosfor va Marmar dengizining g’arbiy qismini, Gallipol yarim orolini, Janibiy Frakiyani Rossiyaga berishini tasdiqladi. Lekin Rossiya bu hududlarni faqatgina Angliya va Franciya Turkiyaning Osiyodagi mustamlakalarni bosib olsalargina, egalik huquqini olar edi. Rossiyaning qo’liga bo’g’ozlar o’tishi evaziga Angliya Eronning neytral deb e’lon qilingan hudidini olishi kerak edi.Bu esa Angliya qo’liga cheksiz neft zaxiralarining o’tishiga olib kelar edi.
Franciya esa Turkiyaga juda katta investiciyalar kiritgan edi. Shuning uchun Turkiyani bo’lib tashlash rejasiga Franciya salbiy munosabat bildirgan edi.Ammo Turkiyaning Osiyodagi yerlaridan katta ulush olishini mo’ljallagan Franciya hukumati 10 aprel kuni ingliz-rus shartnomasi shartlariga rozi bo’ldi.
Dardanel bo’yidagi operaciyaning barbod bo’lishi Antanta ittifoqchilarini G’rbiy frontdagi jangovor harakatlarga qaytishga majbur qildi. Germaniya ham Franciya hududida hal qiluvchi jangga kirishishni va uning qarshiligini sindirishni rejalashtirdi. Germaniya bosh shtabi Franciyaga uning eng mustahkam mavqei – Verden qal’asi orqali hujum uyushtirishga ahd qildi. 1916 yil 21 fevralda germaniyaning 5-armiyasi ulkan harbiy operaciyani boshladi. Hujumdan oldin francuz istehkomlari to’plardan shiddatli o’qqa tutildi. Krupp zavodlarida tayyorlangan va uning qizi Berta nomi bilan “Katta Berta “deb atalgan o’ta kuchli to’plar bilan jami 850 ta og’ir to’p ishga tishdi. Jangda Evropaning eng qudratli ikki armiyasi yuzma-yuz keldi. Milliy g’urur tuyg’usi junbushga keldi.Franciya qo’mondonligi bir qadam ham chekinmaslikka buyruq berdi, askarlar so’nggi nafaslarigacha jang qildilar.Verden Franciyaning va francuz armiyasining ruxini ko’tardi. Verden ostonalaridagi jang 1916 yil 21 dekabrgacha davom etdi va ikkala tomonga ham katta talafotlar keltirdi. Franciya va Germaniya bu yerda 700 mingdan ortiq askar yo’qotdi.
Verden jangining yakunida Rossiya armiyasi katta rol o’ynadi. Bu yerdagi janglarning hal qiluvchi bosqichi general Brusilov qo’mondonligidagi rus armiyasining Janubiy-G’arbiy frontga hujum boshlashi va Avstriyaning 1,5 millonga yaqin askar va zobitini yo’q qilishi bilan yakunlandi.Shundan so’ng Avstro-Vengriya amalda jangovor harakatlar qilish qobiliyatini yo’qotdi, Germaniya esa tezda bu frontga o’zining asosiy zaxira kuchlarini tashlashga majbur bo’ldi.
Verden ostonalarida jang davom etayotgan bir paytda Antanta ittifoqchilari Somma daryosi bo’yida Verdendan 250 km va La-Manshdan 90 km bo’lgan ingliz mudofaa sektorida hujum boshladilar. Britaniya to’plari deyarli etti kun davomida german qo’shinlarini o’qqa tutdi.1916 yil 1 iyulda Britaniya ko’ngilli askarlari hujumga tashlandilar.Ularning soni 100 mingdan ortiq edi, ammo inglizlarning hujumi yerga chuqur ko’milgan nemis pulemetlarining shiddatli o’tiga duch keldi. Nemislarning talafoti ko’p edi, ammo inglizlar ham jami o’lganlar va yaralanganlar bilan 50 mingdan ortiq kishini yo’qotdilar. Bu mantiqsiz qonli qirg’inda hech qaysi tomon muvaffaqiyatga erisha olmadi.
1916 yili Yevropada hammasi bo’lib 2 milliondan ortiq kishi halok bo’ldi, ammo urushda o’zgarish bo’lmadi.Germaniya va Avstro-vengriya moddiy manbalari yugab borardi. Ingliz flotining ustunligi sababli dengiz tomonidan qilingan qamal nihoyatda samarali bo’ldi. Qamal tufayli Germaniya oziq-ovqat va malgamc xom-ashyolarning o’zidagi zaxiralari bilan kifoyalani9shga majbur bo’ldi. Bu esa surunkali urush olib borish uchun yetarli emas edi. Antantaga esa AQSh yordam berar va u o’z mustamlakalari manbalaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega edi.
Rossiyadagi ahvol juda og’ir edi. Uning hom – ashyosi va inson manbalari yetarli bo’lsa-da, iqtisodiy qoloqlik ulardan samarali foydalanish imkonini bermas edi. Transport tizimining tamomila izdan chiqqanligi, harbiy idoralardagi o’g’rilik, harbiy-siyosiy va iqtisodiy tuzulmalarning eskirgan tizimi va tartibsizliklar Rossiyani iqtisodiy va siyosiy inqiroz eshigiga olib keldi.
Bolgariyaning urushga qo’shilishi
Italiyaning siyosiy orientaciyasi va Uzoq Sharqdagi kurash bilan birga Bolqon uchun kurash ham avj olib ketdi.Bu yerda Bolgariyaning ahmayati katta edi. Birinchidan Bolgariya eng katta armiyaga ega edi. Ikkinchidan o’zining qulay geografik yerda joylashganligi sababli u ham Serbiyaga , ham Greciyaga va Ruminiyaga qulay hijum qilish uchun placdarm edi.Agar Bolgariya Germaniya tarafida urushga kirsa, u holda Serbiya zarba ostida qolar edi va Ruminayaning Antantaga kirishinni qiyinlashtirar edi.Agar Bolgariya Antantaga qo’shilsa, u holda serbiya uchun yordam taminlanar edi va Greciya va Ruminiya Bolgariyadan namuna olar edilar.
Shunday qilib 1914 yildagi urush holatida Bolgariya butun Bolqon yarim orolining kalitiga aylandi.Shuning uchun urushayotgan davlatlar urushning dastlabki kunlaridan bolgariyani o’ztaraflarida urushni boshlashga harakat qildilar.Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov shuning uchun ham Bolgariyani Rossiya tarafiga og’dirish uchun ko’p zo’r berdi. Antanta Bolgariya bilan kelishuvga faqat bir holda erishishi mumkin edi.Bu ham bo’lsa Serbiya va Greciyani 1913 yil Bolgariyadan tortib olgan hududlarni qaytarib berishga ko’ndirish edi.Sazonov 1914 yil avgust oyidan boshlab serb va grek hukumatlariga Bolgariyaga ba’zi bir yon berishlarga borishini so’rab murojaat qilgan edi. Ammo Greciyadan buni so’rash mantiqqa to’g’ri kelmas edi.Bu narsa faqat Greciya qiroli boshchiligidagi Germaniya tarafdorlari poziciyalarini mustahkamlar edi.Qolaversa Greciya Bosh vaziri Venizelos Antanta tarafdori bo’lsa-da, Greciya urushga o’zining ashaddiy dushmani bo’lgan Bolgariga hududiy yon bosishlar evaziga kirmasligi aniq edi.
Antantaning Serbiyadan umidi katta edi.serbiya urushga kirgan edi. Va neytral Greciyaning axvoliga ko’ra uning axvoli qiyinroq edi.serbiya bosh vaziri Pashich Bolgariyaga serb Makedoniyasini berishga qaror qildi, buning evaziga agar Antanta g’alaba qozonadigan bo’lsa, Serbiya Avstriyaga tegishli bo’lgan bir qator janubiy slavyanlar yashaydigan hududlarni olishi kerak edi.Ammo bunday noaniq vadalar bilan Bolgariyani ko’ndirish juda qiyin edi.Bolgariya Antanta tarafida urushga kirishi uchun makedoniyani talab qilayotgan edi.Bunga serblar “Makedoniyaning bir qismini bolgarlarga berguncha, butun Serbiyani Avstriya bergan maqul “ deb javob berdilar.
Germaniyaning Bolgariyadagi ta’siri juda katta edi.qirol Ferdinand ularning tatafida edi.Urushning birinchi kunlaridanoq Germaniya va Avstriya Bolgariyani Serbiyaga hujum qilishga undab kelayotgan edi.Germaniya va uning ittifoqchilari Bolgariyaga butun Makedoniyani, eski Serbiyani va agar Ruminiya Antantaga qo’shilsa, Janibiy va Shimoliy Dombrudjani berishga vada berdilar.Ammo Bolgariya hali urushga tayyor emas edi. Bolgariya neytral vaziyatda qolishni afzakl topdi.
Bolgariya uchun bo’lgan kurashning natijasini harbiy vaziyatning o’zgarishi hal qildi. Dardanel operaciyasining mag’lubiyatga uchrashi, rus armiyasining sharqiy frontdagi og’ir mag’lubiyati va Avstriya va Germaniya qo’shinlarining Serbiyaga qarshi katta qo’shin yuborishi ham bolgar hukmron doiralarining qo’rquvini bosdi. Qirol Ferdinand va uning tarafdorlari katta o’ljalar vada berayotgan, ammo Bolgariya uchun havfli bo’lgan Germaniya tarafida urushga kirishga qaroq qildilar.1915 yil 3 sentyabr kuni Turkiya – Bolgariya, 6 sentyabr kuni esa Bolgariya, Germaniya va Avstro-Vengriya o’rtasida o’zaro ittifoqchilik to’g’risida shartnoma imzolandi. Shunday qilib “To’rtlat ittifoqi” tuzildi.
Greciya borasida ham qiyinmasala turar edi.U kim tarafida urushadi? Germaniya tarafidami yoki Antanta? 1915 yil avgustda Greciya parlamentiga saylovlar natijasida hukumat tepasiga yana Venizelos keldi. O’sha yili sentyabrda Bolgariyaning Serbiyaga hujum qilish xavfi tug’ilganda grek bosh vaziri Serbiyaga yordam berishi haqida aytdi, lekin buning uchun ittifoqchi davlatlar Salonikiga 150 ming kishilik armiyani jo’natishlari kerak edi.
Franciya va Angliya Venizelosning ushbu taklifini qabul qildilar. Ammo francuz qo’mondoni Joffer bunga qattiq qarshilik ko’rsatdi. Aytilgan qo’shinga 22 ming kishi yetmas edi.Greciya bilan ittifoqchilar o’rtasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda grek qiroli ikkinchi marta Venizelosni lavozimidan ozod etdi va Greciya yana o’z neytralitetini e’lon qildi.Salonikiga hali bor yo’g’i 80 ming kishilik armiya tashlangan edi. Bundan foydalangan Bolgariya qo’shinlari 14 oktyabr kuni Serbiyaga hujum qildi. Bir paytning o’zida shimol tarafdan Avstro-Vengriya va Germaniya qo’shinlari hujumga o’tdi. Ittifoqchilarning Salonikidagi qo’shinlari Serbiyani qutqarib qola olmadi.Serbiya armiyasi to’la mag’lubiyatga uchradi va uning qolgan qutgan qismi Korfu oroliga evakuaciya qilindi.
Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya
Yevropadagi urush Yaponiya uchun qulay vaziyat tug;dirar edi. Buning natijasida Yaponiya Germaniyaning Xitoydagi va Tinch okeanidagi mustamlakalarini bosib oldi.1914 yil Yaponiya Xitoyga qarshi hal qiluvchi jangga tayyorlana boshladi.
!914 yil dekabr oyida Yaponiya tashqi ishlar vaziri Kato yapon siyosatining mazmunini ommaga anglatish uchun nutq so’zladi. 1914 yil 15 avgust kuni Yaponiyaning Germaniyaga qo’ygan ultimatumiga ko’ra Yaponiya o’sha paytda Germaniyaga tegishli bo’lgan Czanchjouni Xitoyga qaytarib berish maqsadida olayotganini malum qilgan edi. Endi esa Kato bu taklif Germaniyaga faqat mojaroning tinch yo’l bilan hal qilish umidida qilinganligini takidlaydi. Nemislar bu taklifga ko’nmadilar va “endi Czanchjou taqdiri urush tugagandan so’ng hal qilinadigan bo’ldi.Yaponiya hech bir boshqa chet davlat oldida ushbu masala yuzasidan majburiyat olgani yo’q.” [1]